Ilon Mask kutilmaganda yanada boyib ketdi

Ilon Mask tarixdagi eng boy odamga aylandi. Forbes jurnali tadbirkorning boyligini 271 milliard dollar deya baholagan.

O‘tgan juma kunidan beri Mask yanada boyib ketdi — uning kapitali 42 milliard dollarga oshdi. Ushbu natijaga nihoyatda muvaffaqiyatli bitim sabab bo‘ldi.

Kompaniyalardan biri bir vaqtning o‘zida 100 mingta elektromobilga buyurtma bergan, ularning aksariyati Tesla konserni tomonidan ishlab chiqarilgan.  Shundan so‘ng kompaniya aksiyalari keskin ko‘tarilgan. Tesla kompaniyasining hozirda bozor qiymatidagi narxi bir trillion dollardan ortiq.

Реклама на Unews

Tesla trillion dollarlik kompaniyalarning elita klubiga qo‘shilgan birinchi avtomobil ishlab chiqaruvchisi bo‘ldi. Unga Apple, Microsoft, Amazon, Alphabet – Googlening bosh kompaniyasi va Facebook kiradi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring