Ilhom Aliyev Samarqandga keldi

Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashinining majlisiga faxriy mehmon sifatida taklif etilgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring