“Ilhaq” filmi turli tillarga tarjima qilinmoqda

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Ezgu film” studiyasi tomonidan suratga olingan rejissyor Jahongir Ahmedovning “Ilhaq” badiiy filmi  (https://telegra.ph/Ilhaq-05-31)bir necha tillarga tarjima qilinmoqda. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar qildi.

Mazkur film Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g`alabaning 75 yilligiga bag`ishlanib, unda 5 farzandini frontga jo`natgan ayol Zulfiya aya taqdiri va kechinmalari haqida suratga olingan.  

Rejissyor Jahongir Ahmedov kinokartinaning boshqa tillarga tarjima qilinishi haqida so`zlab berdi:

Реклама на Unews

“Kinokartina birinchi navbatda rus tiliga tarjima qilindi hamda 19-22 may kunlari Tojikiston Respublikasida bo`lib o`tgan “O`zbek kinosi kunlari” doirasida ilk bor rus tilida premerasi o`tkazildi.

Filmning rus tilidagi varianti qardosh xalqlar tomonidan juda iliq kutib olindi va endilikda “Ilhaq” kinokartinasini qozoq, turkman, tojik, qirg`iz tillariga tarjima qilish hamda premeralarini o`tkazish taklifi berildi. Ayni vaqtda agentlik buyurtmasiga binoan “Ezgu film” studiyasi tomonidan film tojik tiliga tarjima qilinyapti.

“Ilhaq” filmining hozirda rus tilidagi tarjima va ingliz tilidagi subtitr qilingan varianti tayyor”.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring