“Ilhaq” filmi tojik tiliga tarjima qilindi

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Ezgu film” studiyasi tomonidan suratga olingan rejissyor Jahongir Ahmedovning “Ilhaq” badiiy filmi  tojik tiliga tarjima qilindi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati ma`lum qildi.

Mazkur film Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g`alabaning 75 yilligiga bag`ishlanib, unda 5 farzandini frontga jo`natgan ayol Zulfiya aya taqdiri va kechinmalari aks ettirilgan.

Kinokartina avval rus tiliga tarjima qilingan hamda 19-22 may kunlari Tojikiston Respublikasida bo`lib o`tgan “O`zbek kinosi kunlari” doirasida ilk bor rus tilida premerasi o`tkazilgan.

Реклама на Unews

Hozirgi paytda filmning ingliz tilidagi subtitr, rus va tojik tillaridagi tarjima variantlari tayyor.  

Kelgusida “Ilhaq” badiiy filmini qozoq, qirg`iz va turkman tillariga tarjima qilish rejalashtirilgan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring