Ilgari gap bor edi, mablag‘ yo‘q edi – Tanzila Norboyeva

Xotin-qizlar ishtirokida qabul qilingan muhim qarorlar jamiyatni demokratlashtirish yo‘lida olib borilayotgan islohotlarning muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Amaliy ishlar natijasida o‘tgan yilgi saylov yakunlari bo‘yicha parlamentning quyi palatasiga 48 nafar ayol deputat etib saylandi. Bu haqda Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva “O‘zbekiston taraqqiyotida parlamentdagi ayollarning roli” nomli forumda ta’kidlab o‘tdi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

“Xotin-qizlar masalalari bilan shug‘ullanishni 2017 yil yanvar oyidan boshlagan bo‘lsam, mendan oldin bu sohada Elmira Erkinovna (Elmira Bositxonova, Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari – tahr.) 5 yil ishlaganlar. Lekin ular ishlagan davrda mana shunday imkoniyatlar bo‘lmagan. Va 2017 yildan boshlab, juda katta sharoitlar, imkoniyatlar berila boshladi.

Birinchidan, qonunlarni ishlab chiqishga ruxsat berildi. Biz bir umr orzu qilgan, ammo to‘siq bo‘lib kelgan qonunlarimizni ishlab chiqishga imkoniyat berildi.

Реклама на Unews

Ikkinchidan, xotin-qizlar qo‘mitasi shu darajada qo‘llab-quvvatlandiki, ayollar masalalarini hal qilishga maxsus fondlar tashkil qilindi. 

Oldin gap bor edi, mablag‘ yo‘q edi. Quruq gap bo‘lardi. Hozir bunday emas. Bironta ish qilaman desangiz hammasiga mablag‘ bor. Uy-joy, ayollar bandligini ta’minlash, ularga kreditlar ajratish masalasi, ularni zo‘ravonlikdan himoya qilish, kasbga o‘qitish markazlari tashkil etish masalasi kun tartibiga chiqdi. Umuman olganda, ayollarimizning ovozi eshitila boshladi. Bir so‘z bilan aytganda, ayollarning dardi, tashvishiga quloq solinadigan bo‘ldi”, deydi Tanzila Norboyeva.

Gap kelganda : “Yuksalish” umummilliy harakati yaqinda mamlakatda 40 yoshgacha bo‘lgan istiqbolli  rahbarlar TOP: 40 ro‘yxatini e’lon qilgan edi.  Ushbu ro‘yxatga atigi 4 nafar ayol kiritilgan.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring