"Ikki marotaba qo`lining kaft qismi bilan tegingan". Samarqandda mahalla raisi va inspektor mast erkakka kuch ishlatgani holatiga izoh berildi

Ijtmioimy tarmoqda "Mahalla raisi fuqaroga kuch ishlatganligi aytilmoqda" sarlavhasi ostida video tarqaldi. 

Holat yuzassidan Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati ma`lumot taqdim etdi. 

 

Ma`lum qilinishicha, 2022 yilning 30 iyul kuni Paxtachi tumani “Quvondiq”mahallasida yashovchi fuqaro 102 raqamiga qo`ng`iroq qilib, turmush o`rtog`i R.U. mast holatda janjal qilayotganligini bo`yicha murojaat qilgan.

Реклама на Unews

Murojaat yuzasidan hudud profilaktika inspektori A.Egamberdiev va shu mahalla raisi fuqaro R.U.ning uyiga borishganida, haqiqatdan ham fuqaro R.U. mast holatda turmush o`rtog`i bilan janjal qilayotganligi aniqlangan.

Shundan so`ng, profilaktika inspektori hamda mahalla raisi fuqaroni mastlik holati tarqagunga qadar tuman IIB binosida saqlash maqsadida olib ketishmoqchi bo`lganda, u profilaktika inspektorining qonuniy talabini bajarmagan.  

Mahalla raisi R.U.ni tinchlanishi va xushyor tortishi uchun elkasiga ikki marotaba qo`lining kaft qismi bilan tegingan.

Реклама на Unews

R.U. tuman IIB binosiga olib kelinib, tegishli tartibda rasmiylashtirilib, mastlik holati tarqagandan so`ng, uyiga ruxsat berilgan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring