«Ikki karra 5G»da ishlovchi Redmi 10X’ni har ikki tomonidan rasman ko‘rsatishdi!

18 may kuni MediaTek kompaniyasi bir vaqtning o‘zida 5G tarmog‘idagi ikkkita SIM-kartani qo‘llovchi Dimensity 820 protsessorini taqdim etggan. Xiaomi esa ushbu chipset bazasidagi ilk smartfon – Redmi 10X 5G modelining taqdimot kuni va ayrim xususiyatlarini oshkor etgan. Bundan tashqari...

Endi esa Redmi brendi Redmi 10X smartfonini rasmiy reklama posterlarida har ikki tomonidan namoyish qildi.

Реклама на Unews

Tomchisimon o‘yiqli ekranning uch tomonidagi hoshiyasi yupqa ekaniga guvoh bo‘lamiz, lekin pastki romi ko‘rsatilmagan:

Birinchi bo‘lib Redmi 10X modelida ishlatilayotgan Dimensity 820 chipseti 7 nanometrlik texnologiya asosida ishlab chiqilgan va bir vaqtning o‘zida ikkita SIM-kartada 5G tarmog‘ini qo‘llay oladi.

Реклама на Unews

Shuningdek, kompaniya Redmi 10X modelining AnTuTu benchmarkida 415 ming balldan oshiq natija ko‘rsatganini ham aytmoqda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring