IIV xodimlaridan jabr ko‘rganlar uchun ishonch raqami ishga tushirildi

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov muhim ogohlantirish bilan chiqdi.

Unga ko‘ra, agarda siz ichki ishlar organlari xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari haqida ma’lumotga ega bo‘lsangiz yoki jabr ko‘rgan bo‘lsangiz zudlik bilan 1102 ishonch raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

Ma’lum qilinishicha, murojaat qilgan fuqaroning shaxsi sir saqlanadi.

Реклама на Unews

Eslatib o‘tamiz, so‘ngi bir hafta davomida IIV xodimlari tomonidan sodir etilgan xatti-harakatlar jamoatchilikning qattiq e’tirozlariga sabab bo‘ldi. 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring