II yarim yillikda inflyatsiyaning sezilarli darajada pasayishi kutilmoqda

Karantin choralarining bosqichma-bosqich yumshatilishiga qaramay, iqtisodiyotda inflyatsion jarayonlarning istiqbollari bo‘yicha ikki tomonlama omillar – bir tomondan, yalpi talabning zaiflashishi bilan bog‘liq pasaytiruvchi omil va ikkinchi tomondan cheklangan taklif sharoitida narxlarning o‘sishiga ta’sir qiluvchi omillar bilan bog‘liq noaniqliklar saqlanib qolmoqda. Bu haqida "Zamin.uz" nashri xabar bermoqda.

Markaziy bank xabariga ko‘ra, asosiy savdo hamkorlar iqtisodiyotining tiklanishi hamda biznes yangi iqtisodiy voqeliklarga moslashishining uzoqroq muddatga cho‘zilishi ma’lum bir noaniqliklarni keltirib chiqaradi.

“Bunda mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligi va asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash uchun asosiy mahsulotlarning zaxiralarini to‘ldirish va taklifini oshirish choralarini ko‘rish zarur.

Birinchi yarim yillik oxiriga kelib, almashuv kursining aprel oyidagi tashqi va pandemiya sharoitlariga to‘g‘rilanishining ta’siri pasayishi hamda yillik inflyatsiyaning joriy darajasi (14-14,5 foiz) saqlanib qolishi kutilmoqda”, - deyiladi ma’lumotda.

Qayd etilishicha, Markaziy bank yil oxiriga qadar inflyatsiya prognozini 11-12,5 foiz darajasida saqlab qolishi va bunda II yarim yillikda inflyatsiyaning sezilarli darajada pasayishi kutilmoqda. Mazkur kutilmalarning asosiy omillari sifatida faollikning asta-sekin tiklanishi bilan yalpi taklifning talab bilan muvozanatlashishi hamda tartibga solinadigan narxlarning o‘zgarishsiz saqlanib qolishini keltirish mumkinligi aytiladi.

Iyun va iyul oylarida yillik inflyatsiya pasayish tendensiyasining oraliq maqsadli ko‘rsatkichlardan past darajada saqlanib qolishi yilning II yarmida asosiy stavkani pasaytirish uchun sharoit yaratadi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring