Idish yuvish vositalari sog‘lig‘ingiz va tabiatga zarar yetkazadi!

Idish yuvish gellari qanchalik odamlar, ayniqsa bolalar sog‘lig‘iga putur yetkazishini hech o‘ylab ko‘rganmisiz. Har bir idish yuvish vositalarining tarkibida yuzaki aktiv moddalar mavjud bo‘lib, geldagi limon, olma va boshqa hid beruvchi qo‘shimchalar, gel tarkibidagi zaharli kimyoviy moddalarning hidini yashirish uchun qo‘llaniladi.

Shifokor-gastroenterolog M.Cherenkovning ogohlantirishicha, agarda gelda yuvilgan idishlar kamida 30 soniya davomida oqib turgan, qaynoq suvda chayilmasa, idish yuzasida qolgan gel sizning oshqozoningizga tushadi. Inson 1 yilda kamida 250 gramm, ya’ni bir stakan gelni yeydi. Vaqt o‘tishi bilan unda oshqozon-ichak, onkologik, xattoki nafas yo‘llari kasalliklari paydo bo‘ladi. Ayniqsa bolalarda bu tezda ko‘rinadi.

Eng yomoni gelda yuvilgan idishdan ovqatlangan bolalarning 99% turli xil allergik kasalliklardan aziyat chekishadi.

Реклама на Unews

❗️Ho‘sh, gelni nima bilan almashtirish mumkin? Buning uchun 1 dona kir sovunni qirg‘ichdan o‘tkazib, yarim pachka choy sodasini aralashtirib, suvga bo‘ktirib qo‘ying. Tayyor bo‘lgan yuvish vositasi geldan ko‘ra yaxshiroq yog‘ni ketkazadi va inson organizmi uchun zarar keltirmaydi.

Oila a’zolaringiz, farzandlaringiz kasal bo‘lmasin desanagiz, hoziroq geldan voz keching.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring