Toshkent metropoliteni 30 avgustdan boshlab sutkasiga 19 soat ishlaydi

Toshkent metropolitenining barcha yo‘nalishlari joriy yil 30 avgustdan boshlab soat 05:00 dan 00:00 gacha ishlaydi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” Matbuot xizmati xabar berdi 

Qayd etilishicha, maktab o‘quvchilari va talabalar uchun yangi o‘quv yili boshlanishi hamda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yillik bayramini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish munosabati bilan yo‘lovchilar sonining yanada oshishi sabab joriy yil 30 avgustdan boshlab poyezdlar qatnovi bo‘yicha yangi jadval joriy etiladi. Unga ko‘ra:

•  Chilonzor va Sergeli yo‘nalishlarida ertalabki soat 07:30 dan 09:00 gacha poyezdlar oralig‘i 3 daqiqani tashkil etadi va kechki soat 16:30 dan 19:00 gacha 4 daqiqa oralig‘i bilan harakatlanadi;

Реклама на Unews

•  O‘zbekiston yo‘nalishida ertalabki soat 07:30 dan 09:00 gacha poyezdlar oralig‘i 4 daqiqani tashkil etadi va kechki soat 16:30 dan 19:00 gacha 5 daqiqa oralig‘i bilan harakatlanadi;

•  Yunusobod yo‘nalishi ertalab soat 07:30 dan 09:00 gacha 6 daqiqada oralig‘i bilan harakatlanadi va 16:30 dan 19:30 gacha poyezdlar qatnovi har 7 daqiqada tashkil etiladi.

Ta’kidlanishicha, yaqin kunlarda Toshkentga 20 ta yangi va zamonaviy metro vagonlari olib kelinadi.

Реклама на Unews

Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunga qadar, Yunusobod va Halqa yer usti yo‘nalishlari soat 06:00 dan 23:00 gacha faoliyat yurityapti.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring