Hozirgi davrda grippga qarshi emlash har qachongidan ham muhimroq ekanligi aytilmoqda

Covid-19 gripp mavsumida xavfliroq bo`ladi, shuning uchun grippga qarshi vaksina qabul qilish har qachongidan ham muhimroq. Covid-19 va gripp o`zaro o`xshash belgilarga ega bo`lib, yoshi katta insonlarga hamda yurak va o`pka xastaliklari kabi surunkali kasalliklarga chalinganlar uchun qattiq ta`sir qilishi mumkin,  deb yozmoqda "Darakchi.uz" nashri.

Grippga qarshi emlash darajasini ko`payishi aholi orasida nafas yo`li kasalliklarini kamaytirishi mumkin, shuningdek, Covid-19 pandemiyasi paytida sog`liqni saqlash tizimiga bo`layotgan kuchlanishni kamaytiradi.

Grippga qarshi vaksina odamlarni Covid-19dan himoya qilmaydi, u grippni rivojlanish xavfini kamaytiradi, shuningdek, gripp bilan bog`liq asoratlar, jumladan kasalxonaga joylashtirilish va hatto o`lim xavfini kamaytiradi. 

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring