Homilador ayollar va bolalarga bepul vitaminlar beriladi. Olis tumanlardagi shifokorlarga 30 million so‘m va xizmat uyi beriladi

Ayni daqiqalarda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi bo‘lib o‘tmoqda. Xabar.uz muxbiri tomonidan ma’lum qilinishicha, davlat rahbari tibbiyot sohasida amalga oshiriladigan ishlarga to‘xtalib o‘tdi.

«Koronavirusga qarshi kurash doirasida aholini emlash ishlari amalga oshiriladi. SEOM bazasini yangilashga 200 million dollar ajratiladi. Tibbiyot sohasini raqamlashtirish ishlari davom ettiriladi. Kasalxonalarni elektron ish tizimiga o‘tkazish choralari ko‘riladi. Diagnostika va davolash uchun joylardagi imkoniyatlar kengaytiriladi.

Ona va bola sog‘ligiga e’tibor — kelajakka e’tibor. Kelasi yildan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar va xomilador onalar uchun 7 turdagi vitaminlar bepul beriladi. Bu jarayon bilan 2021 yilda 11 million nafar, 2022 yilda 17 million nafar aholi qamrab olinadi va bu ishlarga 100 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.

Реклама на Unews

Ayollar va bolalarni yod, temir, foliy kislotasi, vitaminlar va parazitlarga qarshi dorilar bilan bepul ta’minlash orqali aholi o‘rtasida kamqonlik 25 foizga kamaytiriladi.

«Qishloq shifokori» dasturi davomida olis tumanlardagi mingdan ortiq shifokorlarga 30 million so‘mdan yordam puli beriladi va albatta xizmat uyi bilan ta’minlanadi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Реклама на Unews

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring