Hokimlar oyda 2-3 kun faqat raqamlashtirish bilan shug‘ullanadi – Prezident

O‘zbekistonda Tuman va shahar hokimlari bir oyda 2-3 kun faqat raqamlashtirish bilan shaxsan shug‘ullanishi belgilandi. Bu haqda kecha 22 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan armoq va hududlarda raqamli iqtisodiyot hamda elektron hukumatni joriy qilish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tildi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Ularning faoliyatiga hududda raqamlashtirish qay darajada yo‘lga qo‘yilganiga qarab baho beriladi. Bu sohada yaxshi natija ko‘rsatgan rahbarlarga 30 foizgacha ustama joriy qilinadi.

Davlat rahbari har doim avvalo aholi eng ko‘p to‘qnash kelayotgan sohalarni raqamlashtirish, odamlarning og‘irini yengil qilish zarurligini ta’kidlaydi. Shu talabdan kelib chiqib, ishchi guruhlar tomonidan 530 ta hududiy va 280 ta tarmoq loyihasi tayyorlangan.

Реклама на Unews

Xususan, joriy yil yakunigacha 14 va kelgusi yil birinchi choragida yana 14 tumanda odamlar eng ko‘p murojaat qiladigan sog‘liqni saqlash, kadastr, ijtimoiy himoya, qishloq xo‘jaligi, ta’lim yo‘nalishlarini raqamlashtirish bo‘yicha 239 ta loyiha amalga oshiriladi.

Qayd etilishicha, “Elektron poliklinika” tizimini joriy qilish orqali qog‘oz hujjatlar 40 foizga, navbat kutish 60 foizga qisqaradi. Buning uchun markaziy shifoxona va poliklinikalarni to‘liq raqamlashtirish lozim.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring