Hindistonda selfiga tushayotgan 11 kishi chaqmoq urishi oqibatida halok bo‘ldi

Hindistonda 11 kishi selfi qilayotgan vaqtida chaqmoq urishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda BBC News xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, Hindistonda 11 kishi XII asrga tegishli Fort Amer minorasi ustida selfi tushayotgan vaqtda chaqmoq urib, halok bo‘lgan.  Hodisa yuz bergan vaqtda minora usti va devorida 27 kishi bo‘lgan. Ba’zilar esa chaqmoq chaqqan payt yerga sakragan. 

Politsiya xodimining ommaviy axborot vositalariga xabar berishicha, halok bo‘lganlarning ko‘pchiligi yoshlar bo‘lgan. Shuningdek, kecha, 11 iyul Jaipurda joylashgan Rojistonda ham chaqmoq chaqishi oqibatida 9 kishi vafot etgan. 

Реклама на Unews

Xabarga ko‘ra, Hindiston Bosh vaziri Ashok Gehlot ushbu hodisa oqibatida vafot etganlarning oilasiga 500 ming rupiya (6700 dollar) miqdorida kompensatsiya ajratgan. 

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, har yili chaqmoq urishi oqibatida ikki mingga yaqin hind halok bo‘ladi. 

Hindiston meteorologiya boshqarmasining ma’lum qilishicha, mamlakatda 1960 yillardan hozirgacha bo‘lgan davrda chaqmoq urishi oqibatida o‘limlar soni ikki barobarga ko‘paygan.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring