Hindistonda 23 kishi dafn marosimi vaqtida halok bo‘ldi

Hindistonda krematoriya tomi dafn marosimiga kelgan odamlarning ustiga quladi. Bu haqda “The Times of India” xabar berdi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Baxtsiz hodisa Hindiston shimolida Uttar-Pradesh shtatidagi Muradnagar shahrida yomg‘ir yog‘ayotganda yuz bergan. Odamlar ho‘l bo‘lmaslik uchun tom ostida to‘plangan. Ularning ko‘pchiligi o‘sha vaqtda dafn qilinayotgan erkakning qarindoshlari bo‘lgan.

Natijada vayronalar ostida 23 kishi halok bo‘lgan. 38 kishi vayronalar ostidan qutqarilgan. 15 kishi jarohatlangan.

Реклама на Unews

Shtat asosiy vaziri Yogi Adityanatx vafot etgan har bir odamning qarindoshlariga 200 ming rupiy (2750 dollar atrofida) tulanishini ma’lum qilgan. U shuningdek, mahalliy hokimiyatga hodisa sabablarini o‘rganib, hisobot tayyorlashni buyurgan.

Sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa sabab Hindiston Prezidenti Ram Natx Kovind va Bosh vazir Narendra Modi hamdardlik bildirgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring