Hindiston va Xitoy chegarasida otishma: 20 nafar hind harbiysi halok bo`ldi

Hindiston va Xitoy chegarasi Ladakhdagi otishmada 20 nafar hind harbiysi halok bo`ldi. Bu oxirgi 45 yil mobaynida ikki davlat chegarasi hududida harbiylar o`limi bilan bog`liq ilk holatdir, deyiladi BBS xabarida. Bu haqida "Darakchi.uz" nashri xabar bermoqda.

Avvalroq hind nashrlari chegaradagi bahsli hudud - Galvan vodiysida ro`y bergan to`qnashuv oqibatida 1 nafar ofiser va 2 nafar askar halok bo`lgani haqida xabar tarqatgan edi. Keyinroq og`ir jarohat olganlardan yana bir qanchasi vafot etganligi to`g`risida xabarlar tarqaldi. Shuningdek, Xitoy tomonidan jami 43 kishi jabrlangani, jumladan bir necha kishi halok bo`lib, yana bir necha kishi og`ir jarohatlangani aytildi.

Voqea haqida xabar tarqatgan hind nashrlarida bu hududda o`q ovozi eshitilmagani aytilgan, hind askarlari «o`lguncha kaltaklangani» taxmin qilingandi.  

Реклама на Unews

Bu ma`lumot rasman tasdig`ini topmadi, ammo so`nggi haftalarda chegara hududida askarlar o`rtasida mushtlashuv holatlari kuzatilayotgan edi.

Nazorat chizig`i deb ataladigan ushbu chegara hududida ko`p yillardan buyon o`q ovozi eshitilmagan va harbiylar o`limi kuzatilmagan. Hindiston armiyasi ta`kidlashicha, bu safargi to`qnashuvda ham o`q uzilmaganini ta`kidlamoqda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring