Himolayda g'ayritabbiy hodisa ro'y bermoqda! Bu falokatga sabab bo'lishi mumkin!

Olimlar Himolay tog‘lari havosidagi zarralarni tahlil qilib, ularda muzliklar erishini tezlashtiruvchi “jigarrang uglerod” katta miqdorda borligini aniqlashdi.

Atmosferadagi uglerod chiqindilari “qora” va “jigarrang” uglerodga bo‘linadi. “Qora” uglerod moddaning yuqori haroratlarda to‘liq yonmaganida hosil bo‘ladi va qurumning asosiy komponenti hisoblanadi. “Jigarrang” ulgerod esa kislorod bilan aralashgan uglerod bo‘lib, u azot, oltingugurt va kaliy kabi elementlar izlariga ega. Bunday uglerod biomassa yoki o‘simliklarning yonishida hosil bo‘ladi va ko‘ndalangiga 200 nanometr o‘lchamdagi mitti qatron sharchalar shakllanishiga olib keladi.  

Olimlar jamoasi Himolay tadqiqot stansiyasidagi havodan namuna olib, undagi ming zarradan 28 foizi qatron sharchalar ekanini aniqlashgan. Olimlar arxivlarni ko‘zdan kechirib, sharchalar ulushi havo ifloslanishi yuqori bo‘lgan kunlarda, jumladan dalalarda bug‘doy poyalari yoqilganda oshganini aniqlashgan.

Реклама на Unews

“Jigarrang” uglerod yorug‘lik va issiqlikni yutadi. U sababli qor va muz quyosh nurlarini qiyin qaytaradi va muzliklar eriy boshlaydi. 

Ta’kidlanishicha, sayyoramizdagi eng baland cho‘qqilarga ega bo‘lgan Himolay tog‘larida Arktika va Antarktika tashqarisidagi muzlik qorining eng katta zaxirasi mavjud.. Ammo tog‘larning balandligi va olisdaligi ham ularni sanoat chiqindilaridan himoyalay olmagan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring