Haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan xususiy korxona rahbari va o‘rinbosari ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “A.V.” XK rahbari o‘rinbosari SH.Q. fuqaro A.K.ni ushbu korxonada haydovchilik guvohnomasini olish uchun o‘quv kursini tugatgandan so‘ng, YXHBda o‘tadigan imtihondan o‘tkazib berish evaziga 600 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlanib, uning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda, “Z.B.” XK rahbari G.YU. SH.Q.dan 500 AQSh dollarini olgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 28, 192-9-moddasi (tijoratda pora evaziga og‘dirib olish) va 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring