Haydovchi haq bo`lib chiqdi: Qashqadaryoda YPX inspektori egallab turgan lavozimidan ozod etildi

Ijtimoiy tarmoqda “Qashqadaryo gailaridan navbatdagi” sarlavhasi ostida video lavha  tarqalgan edi. 

Holat yuzasidan berilgan dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, Qashqadaryo viloyati IIB YHXB YPX inspektori serjant J.Qosimov soat 23:00 larda Qarshi shahar B.Sherqulov ko`chasida xizmat olib borayotgan vaqtida “Neksiya-3” rusumli transport vositasi haydovchisini spirtli ichimlik iste`mol qilgan yoki qilmaganligi aniqlash maqsadida to`xtatgan.
Shunda haydovchi shaxsiy uyali aloqa vositasi orqali holatni tasvirga olib serjant J.Qosimovdan dislokasiyasini taqdim etishini so`raganida serjant J.Qosimov dislokasiyasi yo`qligini aytgan, haydovchi xizmat guvoxnomasini taqdim etishini so`ragan vaqtda serjant J.Qosimov xizmat guvoxnomasini taqdim qilishini biroq haydovchini uni tasvirga olishga haqqi yo`qligini bildirgan. Shundan so`ng, shu erda xizmat olib borayotgan YPX ispektori safdor B.Shog`dorov kelib haydovchiga o`zini tanishtirib xizmat guvohnomasini taqdim etgan va shu vaqtda haydovchidan uyali telefoni olib qo`yilgan.
Bu jarayonda YPX inspektorlari xizmat vazifalarini bajarishda qator kamchiliklarga yo`l qo`ygani aks etgan.
Mazkur holat yuzasidan olib borigan xizmat tekshiruvi xulosasiga ko`ra, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan “Yo`l-patrul xizmati xodimlarining yo`l harakati qatnashchilari bilan o`zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to`g`risida”gi nizom hamda IIVning me`yoriy buyruq talablarini buzganligi uchun Qashqadaryo viloyati IIB YHXB YPXB maxsus otryadi 3-safarbar guruhi YPX inspektori serjant J.Qosimov o`z bildirgisiga ko`ra “egallab turgan lavozimidan ozod etilib, kelgusida YHX bilan bog`liq bo`lmagan lavozimga tayinlanishi” chorasi qo`llandi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring 

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring