Hasanboy Do‘smatov "O‘zbekiston belgisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Poytaxtimizdagi Yoshlar press klubida mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh yoshlarga “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni topshirildi, deya ma’lum qilmoqda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi matbuot xizmati, deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri. 

Tadbirda ishtirok etganlar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida mamlakatimiz yoshlari har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotgani, ular o‘z iqtidori va salohiyatini namoyon qilishlari, yuksak ilmi, fidoyiligi bilan Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishlari uchun barcha sharoit mavjudligini alohida ta’kidladi.

Marosimda ilm-fan, madaniyat, san’at, ta’lim, sog‘liqni saqlash, jurnalistika, qishloq xo‘jaligi, kichik biznes, huquq va harbiy sohalarda o‘qiyotgan, ishlayotgan hamda ilmiy-ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanib, yuksak natijalarga erishayotgan vakillari qatori 3 nafar sportchilarimiz ham “O‘zbekiston belgisi” bilan taqdirlanishdi.

Boks bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari chempioni Hasanboy Do‘smatov ham mudofaa va huquqni muhofaza qilish yo‘nalishida "O‘zbekiston belgisi" ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi.

Mazkur ko‘krak nishoniga yana bir necha sportchimiz, jumladan Javohir Sindarov (shaxmat), Klara Darmenbayeva (gimnastika) va Asila Mirzayorova (Paralimpiya) ham sazovor bo‘ldi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring