Harbiy qismlarda test sinovlari yakunlandi

Davlat test markazining xabar berishicha: Davlat xavfsizlik xizmatiga qarashli harbiy qismlarda test sinovlari yakunlandi.

Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga harbiy tavsiyanoma berish bo‘yicha test sinovlarining 4-haftasi Davlat xavfsizlik xizmatiga qarashli harbiy qismlarda o‘tkazildi.

15-fevraldan 20-fevralga qadar o‘tkazilgan test sinovlarida 5 500 nafardan ziyod harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.
Fevraldan esa, Favqulodda vaziyatlar vazirligiga qarashli harbiy qismlarda test sinovlari boshlandi.

Реклама на Unews

Bunda test topshiruvchilarga 40 ta jangovar tayyorgarlik, 20 ta ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik, 10 ta matematika, 10 ta fizika fani bo‘yicha va 20 ta mantiqiy test topshiriqlari berilmoqda.

Test sinovlari fevral oyi yakuniga qadar davom etadi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring