Harakatlanayotgan vagonlardan ko‘mir o‘g‘irlaganlar qidirilmoqda

Toshkent viloyatida 17 noyabr kuni besh kishi harakatlanayotgan to‘rtta teplovoz vagonlaridan ko‘mir o‘g‘irlashga uringan, deb xabar berdi «O‘zbekiston temir yo‘llari» matbuot xizmati, deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri.

Yuk poyezdi «Obliq» temir yo‘l bekatida 4 ta vagondagi ko‘mir mahsulotlari yuk qabul qiluvchi Olmaliq kon metallurgiya kombinatini Angren shahridagi filiali bo‘lganligi uchun uzib qolingan.

«Ushbu uzib qolingan vagonlar teplovozga ulanib belgilangan manzilga olib o‘tish vaqtida ko‘mir mahsulotini talon-toroj qilish maqsadida 5 nafar noma’lum shaxslar vagonga osilgan», — deyiladi xabarda.

Shu yerda xizmat olib borayotgan Ohangaron o‘qchilik komandasi o‘qchisi tomonidan vagonga chiqqan shaxslarni ushlash maqsadida teplovoz to‘xtatilgan, lekin teplovoz to‘xtagach, ushbu shaxslar har tomonga qochib ketishgan. Hozirda tezkor qidiruv ishlari olib borilmoqda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring