Har yili 500 nafargacha nogironligi bo`lgan yoshlarga subsidiya ajratiladi ➖ Prezident qarori

“Nogironligi bo`lgan shaxslarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko`maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–57-son, 21.12.2021 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qilmoqda. 

Qarorga ko`ra, 2022 yil 1 yanvardan Bandlikka ko`maklashish davlat jamg`armasi mablag`lari hisobidan nogironligi bo`lgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir xodim uchun 6 oyda BHMning 1,5 baravarida subsidiya beriladi.

2022 yil 1 martdan:

Реклама на Unews

➖ bolalikdan nogiron bo`lgan shaxslar va I va II guruh nogironlari daromad solig`i bo`yicha imtiyoz mehnatga haq to`lashning eng kam miqdorining 1,41 baravaridan 3 baravarigacha oshiriladi;

➖ 2024 yil 1 martgacha ish beruvchilarga nogironlar uchun to`langan ijtimoiy soliq Davlat byudjetidan to`liq qaytarib beriladi.

Endilikda davlat buyurtmachilari nogironlar jamoat birlashmalari bilan ularning mahsulotlarini xarid qilish bo`yicha to`g`ridan-to`g`ri shartnomalar tuzishi mumkin.

Реклама на Unews

Yoshlarga oid davlat siyosatini qo`llab-quvvatlash jamg`armasi mablag`lari hisobidan har yili 500 nafargacha nogiron yoshlarga quyidagilar uchun subsidiya ajratiladi:

-  axborot texnologiyalari, kompyuterda dasturlash amaliyoti, umumta`lim fanlari va xorijiy tillarni o`rgatish;

-  tadbirkor yoki o`zini o`zi band qilgan shaxs sifatida davlat ro`yxatidan o`tganlarga asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilish uchun.

 “El-yurt umidi” jamg`armasi hisobidan 2022 yildan har yili tanlov asosida 20 nafargacha nogiron yoshlar xorijiy OTMda, onlayn kurslarda ta`lim olishi tashkil etiladi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring