«Har bemorga 32 mln so‘mdan ajratilgan bo‘lsa, unda nega dorini o‘z hisobimdan sotib olyapman?» murojaati yuzasidan Bosh prokuratura bayonot berdi

Fuqaro Q.Abdusattarovning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videomurojaati Bosh prokuratura tomonidan ko‘rib chiqildi,  deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Unga ko‘ra, Q.Abdusattarov Jizzax viloyatidagi koronavirusga chalingan bemorlarni davolash markazida davolanayotganligi, koronavirusga chalinganlar uchun davlat tomonidan 32 mln. so‘m pullar ajratilayotgan bo‘lsa-da, bemorlar dorilarni shaxsiy mablag‘lari hisobidan sotib olayotganliklari, bemorlarga tushlik ovqati berilmayotgani, muassasadagi bo‘sh o‘rinlarga bemorlar sun’iy ravishda qabul qilinmayotganligi yoritilgan.

Mazkur murojaatda bayon qilingan holatlar yuzasidan Jizzax viloyat prokuraturasi tomonidan o‘rganish ishlari boshlandi.

Реклама на Unews

Natijasi haqida qo‘shimcha ravishda xabar beriladi. 

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring