Haqiqiy preparatni qalbakisidan qanday ajratishni bilasizmi?

Haqiqiy preparatni qalbakisidan ajrata olish ancha qiyin. Shunday bo‘lsa-da, quyidagi belgilarga e’tibor berish kerak:

▪️soxta preparat o‘ziga xos bo‘lmagan g‘alati hid, ta’m va rangga ega bo‘ladi;

▪️bunday tabletka tez sinib, bo‘laklarga bo‘linib ketadi;

Реклама на Unews

▪️dori upakovkasi past sifatli, upakovka va yo‘riqnomasida grammatik xatolar uchraydi;

▪️uning narxi odatdagidan arzonroq bo‘ladi.

Biroq ta’riflangan holatlar fuqarolar allaqachon duch kelgan va taqqoslashi mumkin bo‘lgan dorilarga tegishlidir.

Реклама на Unews

Ilgari dori qadog‘ining sifati pastligiga qarab uni haqiqiy-qalbakiligini farqlash mumkin bo‘lgan bo‘lsa, so‘nggi vaqtlarda firibgarlar original preparatning xuddi o‘ziga o‘xshash dorilarlarni ishlab chiqarishni o‘rganib olgan. 

Afsuski, bunday holatda ularni faqat laboratoriya tahlillari orqali fosh etish mumkin.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring