Hafta yakunigacha sovuq ob-havo saqlanib turadi

Sinoptiklarning xabar berishicha, yilning birinchi ish haftasi davomida anomal sovuq ob-havo kuzatiladi. Havo harorati esa o‘rtacha yillik qiymatlardan 8−10 darajaga past bo‘ladi.

Mamlakat bo‘ylab ob-havo sharoitini hozirda markazi Sibir hududlari ustida joylashgan sovuq antitsiklon periferiyasi belgilamoqda. Yangi yilning birinchi ish haftasi davomida juda yuqori bosimli maydon anomal sovuq ob-havoni keltiradi, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Kechalari sovuq 5−10 darajagacha, shimolda va cho‘l hududlarida 12−17 darajagacha ko‘tariladi, hafta oxirigacha esa kunduz kunlari havo harorati 0−5 daraja sovuqdan oshmaydi.

Hafta davomida havo harorati o‘rtacha yillik qiymatlardan 8−10 darajaga past bo‘ladi. Respublikaning ba’zi joylarida tuman kuzatiladi.

Реклама на Unews

Ushbu davrda tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring