Hafta oxiriga kelib havo harorati pasayadi

xabar berishicha, hafta davomida hududlarning katta qismida yog`ingarchilik kutilmaydi, harorat fonining yuqoriligi saqlanib turadi - kechalari 7-12° iliq, kunduz kunlari 22-27° iliq bo`ladi. Faqat respublikaning shimoliy hududlariga chorshanba kuni Volga bo`yi hududlaridan sovuq va nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpog`istonda va Xorazm viloyatida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, harorat pasayishni boshlaydi.

Payshanba kuni nam va sovuq havo massalari respublikamizning barcha hududlariga ta`sir etadi. Ko`pchilik viloyatlarda yomg`ir yog`adi. Eng chekka sharqiy hududlarda yomg`ir yog`ishi kechqurun kutilmoqda. Qoraqalpog`istonda va Xorazm viloyatida yog`ingarchiliksiz havo bo`ladi. Havo harorati kunduz kuni 13-18° iliqqacha pasayadi, bu me`yordan 2-4° past bo`ladi.

Juma kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlarida kechasi va ertalab yomg`ir yog`adi. Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida kun davomida yomg`ir yog`ishi kutilmoqda. Respublikaning qolgan hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi va kunduzi 8-13° iliqni tashkil etadi, bu iqlimiy me`yorlardan 6-7° ga past bo`ladi.

Реклама на Unews

21-22 oktyabrda tog` oldi va tog`li hududlarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), ba`zi joylarda kuchli bo`ladi.

21-23 oktyabrda respublika bo`yicha shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

22-23 oktyabrda O`zbekistonning ayrim viloyatlariga tuman tushishi mumkin.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring