Hafta o`rtasida O`zbekistonga Kavkaz hududidan nam havo kirib kelishi boshlanadi

“O`zgidromet” xabariga ko`ra, 27 oktyabrda respublika shimoliy hududlariga Kavkaz hududlari ustida shakllangan nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida quruq ob-havo saqlanib turadi.

28 oktyabrda yomg`irli zona sharqqa siljiydi va respublikaning tog`oldi hamda tog`li hududlariga yaqinlashganda yog`ingarchilik kuchayadi. Respublika bo`yicha ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Faqat Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida va Farg`ona vodiysida yog`ingarchilik kutilmaydi. 29 oktyabrda markaziy va sharqiy hududlarda, shuningdek tog`oldi va tog`li hududlarda yomg`ir yog`ishi kutilmoqda. 27-28 oktyabrda respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. 

Hafta davomida harorat kechalari 4-9 daraja iliq atrofida bo`ladi, kunduz kunlari esa harorat asta-sekin pasayadi va hafta oxiriga borib kunduz kungi harorat 7-12 daraja iliqqacha pasayadi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring