Habibning menejeri uning qaytishiga ishora qildi

Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmuhamedovning menejeri Ali Abdel-Aziz Habibning oktagonga qaytishi mumkinligiga belgi berdi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

U o‘zining Twitter sahifasida "30-0" deya post qoldirgan.

Bu orqali Ali Abdel-Aziz Habibning qaytishiga ishora qilgan. Chunki, Nurmuhamedov MMA’dagi faoliyati mobaynida 29-0 hisobini qayd etgan. 

Реклама на Unews

Eslatib o‘tamiz, 24 oktyabr kuni Abu-Dabidagi (BAA) “Janglar oroli”da o‘tkazilgan UFC 254 musobaqasida rossiyalik Habib Nurmuhamedov amerikalik Jastin Getji bilan kuch sinashdi va 2 raunddayoq g‘olib bo‘ldi. G‘alabasidan so‘ng Habib o‘z faoliyatini tugatgani haqida e’lon qildi. 

Keyinroq, UFC Prezidenti Dana Uayt Habib otasi uchun oktagonga qaytishi va 30-g‘alabasini ham qo‘lga kiritishi mumkinligini aytgandi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 

Реклама на Unews

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring