Habib va Getji qachon jang qilishi ma’lum bo‘ldi

Rossiyalik Habib Nurmuhamedov Abu Dabida bo‘lib o‘tadigan Mutlaq janglar chempionati (UFC) doirasida amerikalik Jastin Getji bilan jang qiladi. Bu haqda MMA Fighting tashkilot rahbari Deyna Uayt ma’lum qildi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Funksionerning so‘zlariga ko‘ra, ushbu jangni tashkil qilish uchun BAA bilan besh yillik shartnoma tuzilgan. Sportchilarning uchrashuvi sentyabr oyida Abu-Dabida joylashgan "Janglar oroli”dagi qator musobaqalardan so‘ng bo‘lib o‘tadi.

Getji yengil vazn bo‘yicha UFC vaqtinchalik chempioni unvoniga ega. May oyida u hamyurti Toni Fergyusonni texnik nokaut bilan mag‘lubiyatga uchratdi. Nurmuhamedov uchrashuv natijalariga izoh berib, MMA’da har doim g‘alabaga tashna jangchilar bo‘lishini aytdi. Getjining aytishicha, u "Habib bilan uchrashuvni toqatsizlik bilan kutmoqda”.

Реклама на Unews

Nurmuhamedov vazn toifalarini hisobga olmaganda UFC eng yaxshi jangchilari reytingida ikkinchi o‘rinni egalladi. U ikki marta chempionlik kamarini himoya qildi. Rossiyalikning hisobida 28 g‘alaba bor. U bir marta ham mag‘lubiyatga uchramagan. 

Getji esa 24 ta jang o‘tkazib, 22 tasida qo‘li baland kelgan. Faqatgina ikkita jangda mag‘lub bo‘lgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring