BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Habib Nurmagomedovning otasi vafot etdi. U koronavirusga chalingandi

UFC’ning yengil vazndagi chempioni Habib Nurmagomedovning otasi vafot etdi. Bu haqida Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘zining Telegram’dagi kanalida xabar berdideb yozmoqda "Daryo.uz" nashri. 

Abdulmanap Nurmagomedov uzoq davom etgan koma holatidan o‘ziga kelmadi va 57 yoshida dunyodan ko‘z yumdi.

“Qayg‘uli xabar mengacha yetib keldi. Abdulmanap Nurmagomedov bu dunyodan ko‘z yumdi.

Butun chechen xalqi nomidan Abdulmanap Magomedovich oilasiga hamdardlik bildiraman”, — deya yozadi Qodirov.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyi oxirida Abdulmanap Nurmagomedovga pnevmoniya tashxisi qo‘yilgandi, murabbiy koronavirusga tahlil topshirishdan bosh tortgan. Keyinroq uning koronavirusga chalingani ma’lum bo‘lgandi. May oyida uning holati yomonlashgan va murabbiy Moskvaga olib kelingan. 13-mayda mutaxassis koma holatiga tushib qolgani xabar qilindi, Oradan ma’lum muddat o‘tgach, Habib otasining hali ham o‘ziga kelmaganligini aytgandi.

Ma’lumot uchun, Abdulmanap Nurmagomedov 1962-yil 10-dekabrda Dog‘istonda tug‘ilgan. Dzyudo va sambo bo‘yicha Ukraina chempioni. Rossiyada xizmat ko‘rsatgan murabbiy. Jangovar sambo bo‘yicha Dog‘iston terma jamoasi katta murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Hasanboy Do‘smatov "O‘zbekiston belgisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi Poytaxtimizdagi Yoshlar press klubida mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh yoshlarga “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni topshirildi, deya ma’lum qilmoqda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi matbuot xizmati, deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri.  Tadbirda ishtirok etganlar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida mamlakatimiz yoshlari har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotgani, ular o‘z iqtidori va salohiyatini namoyon qilishlari, yuksak ilmi, fidoyiligi bilan Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishlari uchun barcha sharoit mavjudligini alohida ta’kidladi. Marosimda ilm-fan, madaniyat, san’at, ta’lim, sog‘liqni saqlash, jurnalistika, qishloq xo‘jaligi, kichik biznes, huquq va harbiy sohalarda o‘qiyotgan, ishlayotgan hamda ilmiy-ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanib, yuksak natijalarga erishayotgan vakillari qatori 3 nafar sportchilarimiz ham “O‘zbekiston belgisi” bilan taqdirlanishdi. Boks bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari chempioni Hasanboy Do‘smatov ham mudofaa va huquqni muhofaza qilish yo‘nalishida "O‘zbekiston belgisi" ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi. Mazkur ko‘krak nishoniga yana bir necha sportchimiz, jumladan Javohir Sindarov (shaxmat), Klara Darmenbayeva (gimnastika) va Asila Mirzayorova (Paralimpiya) ham sazovor bo‘ldi. Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!
Alisher Usmonovning rafiqasi hukumatga murojaat bilan chiqdi Rossiya badiiy gimnastika federatsiyasi (RBGF) prezidenti Irina Viner-Usmonova mamlakatda koronavirus pandemiyasi tufayli yopilgan o‘quv inshootlarini ochishga chaqirdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda. “Biz karantin davrida sport mashg‘ulotlarini davom ettirishimiz kerak. Har bir bazada chiroyli maydonlar, ajoyib stadionlar, yurishingiz mumkin bo‘lgan joylar bor va, albatta, mashq qilish juda muhim, buni ta’minlash kerak”, dedi Viner-Usmonova. Uning so‘zlariga ko‘ra, sportchilar o‘z holatlarini saqlab qolish uchun mashg‘ulotlarda faol qatnashishlari zarur. “Agar biz bu sportchilarni karantindan keyin butunlay boshqa joyda ko‘ramiz. Bular faollikka muhtoj bo‘lgan yoshlardir”, dedi RBGF rahbari. Mart oyi oxirida Sport vazirligi Rossiyadagi barcha sport tadbirlarini to‘xtatib turish yoki bekor qilishni, shuningdek, bolalar sport maktablari uchun cheklangan rejimda ishlashni tavsiya qildi. Sport vaziri Oleg Matitsin bolalar murabbiylaridan shogirdlarini qo‘llab-quvvatlashlarini va ota-onalar bilan muntazam aloqada bo‘lishlarini so‘radi. COVID-19 pandemiyasi tufayli Rossiyada barcha o‘quv muassasalari yopildi. Rossiya terma jamoalarini yirik xalqaro musobaqalarga tayyorlash uchun yetakchi baza bo‘lgan Novogorsk o‘quv markazi bundan istisno qilindi. Sportchilar va murabbiylar majmuada xavfsiz holatga keltirildi. Ma’lumot o‘rnida, Irina Viner-Usmonova asli o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik miliiarder Alisher Usmonovning rafiqasi hisoblanadi.  O‘qituvchi onlayn darsni tomda, quyoshning issig‘ida olib boryapti (video) Abituriyentlar diqqatiga! «Ma’rifat» gazetasida test savollari e’lon qilinadi Oliy sud: Yulduz Usmonovaning ishi yuzasidan materiallar sudga kelib tushmagan Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Fikr qoldiring