Habib Nurmagomedovga Rossiya Qahramoni unvonini berish taklif qilindi

Sputnik bergan xabarga ko`ra, Davlat Dumasi deputati Gajimurod Omarov Rossiya prezidenti Vladimir Putinga shunday tashabbus bilan chiqdi. 

Bayonotda aytilishicha, sportchi bir necha bor dunyo miqyosida Rossiya sharafini himoya qilgan. Habib Nurmagomedov yoshlar orasida sport, sog`lom turmush tarzini, oilaviy qadriyatlarni faol rivojlantirib, ommalashtiradi. Bundan tashqari, chempion xayriya ishlari bilan shug`ullanadi.

Eslatib o`tamiz, 24 oktyabr kuni UFC 254 turnirida amerikalik jangchi Jastin Getjini mag`lubiyatga uchratganidan so`ng sportchi o`z karerasini yakunlashi haqida e`lon qilgandi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring