Habib Nurmagomedov va Shahram G`iyosov ishtirokidagi reklama taqiqlandi

UFC chempioni, MMAning eng yaxshi jangchilaridan biri Habib Nurmagomedov, shuningdek, O`zbekistonning taniqli sportchisi Shahram G`iyosovlarning energetik ichimliklarni reklama qilishi taqiqlandi, deb Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi yozadi. Bu haqida "Darakchi.uz" nashri xabar bermoqda.

Ta`kidlanishicha, bu sportchilarga dunyoning millionlab yoshlari havas qilishadi. Yosh avlod ularning turmush tarzi va sportdagi yutuqlari bilan bog`liq barcha ma`lumotlarga qiziqadi.  Ularning har bir so`zlari va maslahatlarini jon qulog`ini berib tinglashadi.

Televizor ekranlari va ijtimoiy tarmoqlarda Habib Nurmagomedov va Shahram G`iyosov ishtirok etgan reklama roliklari namoyish etilgan. Reklamada “ajoyib” ichimlikning “sehrli” xususiyatlari, inson tanasiga engillik, hayotiylik, kuch-quvvat va cheksiz energiya berishi aytilgan. Ammo... 

Реклама на Unews

Sporchilarning energetik ichimliklar reklamasida ishtirok etishlari to`g`rimi? Energetik ichimliklardan foydalanish o`spirin va yoshlar organizmi uchun zararli emasmi?" degan savol tug`iladi. O`zbekiston Respublikasining Qonunida bu haqda nima deyilgan?

Energetik ichimlik qanday ichimlik o`zi?

“Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to`g`risida”gi qonunga kiritilgan o`zgartishlarga ko`ra, enegetik ichimliklar – bu 150 mg/l dan oshadigan kofeinni o`z ichiga olgan ichimliklar bo`lib, ular yuqorli karbonat mahsulotlar(uglerod kislotasi (H2CO3) sezilarli darajada mavjud)dir. 

Реклама на Unews

Qanday iste`mol qilgan ma`qul?

Mutaxassislar isbotlaganidek, bitta kokteyldagi kofein miqdori kunlik dozadan oshib ketadi. Va kuniga ikki yoki uch qutidan iste`mol qilish inson tanasi, ayniqsa, o`spirin va yoshlar uchun xavflidir. Enegetik quvvatning haddan ortiq dozasi uyqusizlik va asabiylikni kuchaytiradi. Bunday ichimliklarni  ichgan odamning qon bosimi oshib, yurak urishi tezlashadi.  

“Reklama to`g`risida”gi qonun 22-1moddasi “Energetik ichimliklar reklamasi” bilan to`ldirilgan. Bundan buyon energetik ichimliklarni reklama qilishda bunday ichimliklarni haddan tashqari iste`mol qilishning xavfliligi to`g`risida ogohlantirish, shuningdek, ushbu ichimlikni iste`mol qilishi mumkin bo`lmagan odamlar to`g`risida ma`lumotlar qayd etilishi kerak.    

Qonunga ko`ra taqiqlangan holatlar:

- 7:00 dan 22:00 gacha televizor va radioda energetik ichimliklar reklamasi;

- o`n sakkiz yoshga to`lmagan shaxslar o`rtasida energetik ichimliklar namunalarini bepul tarqatish;

- agar ichimlik nomi, savdo belgisi yoki tasviridan foydalanilsa, homiylik tadbirlari;

 - sotish, shu jumladan, tarqatish;

- energetik ichimliklar reklamasini bolalar va o`spirinlar uchun mo`ljallangan ommaviy axborot  vositalarida, shuningdek, tibbiy, sport va ta`lim muassasalarida reklama qilish.

Ta`kidlash joizki, voyaga etmaganlar o`rtasida energetik ichimliklar tarqalishini cheklash bo`yicha chora-tadbirlar tegishli qonun loyihasi shaklida muhokama uchun kiritildi. Shundan so`ng, Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksga, joriy yilning 11 aprelida kuchga kirgan “Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to`g`risida”, “Reklama to`g`risida” qonunlariga tegishli o`zgatirishlar kiritildi.

Endilikda sportchilar va taniqli shaxslarning energetik ichimliklarni reklama qilishlari taqiqlanadi. 

Import benzin narxi oshishi mumkin

O‘zbekiston qamoqxonalari va ulardagi mahbuslar soni kabi ma’lumotlar maxfiylikdan chiqariladi

Shifokorlarimizning 300 nafardan ortig‘i virus yuqtirgan

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring