Habib Nurmagomedov o‘zi egalik qiladigan EFC promoushenida jang qiladimi?

Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov (29-0) o‘zi egalik qiladigan EFC promoushenida jang qilishi mumkinligi borasidagi savolga javob qaytardi, deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri.

«Kimga qarshi jang qilaman? O‘z oktagonimda o‘zim chiqib, soyam bilan kurashamanmi? Balki, ko‘rgazmali jang tashkil etarmiz, balki master-klass.
Oldindan bir narsa deb bo‘lmaydi, hozir 32 yoshdaman, 35 yoshimda nima bo‘lishi noma’lum. Biroq hozircha bunday rejam yo‘q
», — deydi Habib Nurmagomedov.

Eslatib Habib GFC promoushenini 1 million dollarga sotib oldi va uning nomini EFC’ga o‘zgartirdi. Avvalroq rossiyalik yakkakurashchi 2021 yilning aprel oyida Toshkentda EFC musobaqasini o‘tkazish maqsadi borligini ma’lum qilgandi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring