Gulnora Karimovaning 686 mln so‘mlik noqonuniy mol-mulki musodara qilinadi

O‘zbekiston va Shveysariya huquqni muhofaza qiluvchi organlarining tergov doirasidagi hamkorligi natijasida Gulnora Karimova va uning boshchiligidagi uyushgan jinoiy guruh a’zolarining aktivlarini musodara qilish bo‘yicha ishlar Shveysariya sud organlariga oshirilgan.

Undirilishi lozim bo‘lgan jami summa davom etayotgan jinoiy ish jarayoniga bog‘liq bo‘ladi, lekin taqriban 686 million AQSh dollarga teng.

Ushbu ishlar Shveysariya sudlarida ko‘rib chiqilib, taqriban 336 million AQSh dollari uzil-kesil musodara qilingan. Shundan 131 mln AQSh dollari O‘zbekistonga qaytishi xal bo‘ldi, 205 mln AQSh dollari bo‘yicha esa yakuniga yetmoqda.

Реклама на Unews

Hozirgi kunda, qo‘shimcha taqriban 350 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘larni musodara qilish masalasi Shveysariya sudlarida ko‘rib chiqilmoqda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring