Gulistonda YHXB xodimiga pora taklif qilgan xaydovchi qo‘lga olindi

Sirdaryo viloyati Guliston shahrida YHXB xodimiga pora taklif qilgan xaydovchi qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar bermoqda, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Joriy yilning 27 yanvar kuni soat 15:00 da, Sirdaryo viloyati Guliston shahar 3-mavze hududida joylashgan jarima maydonchasida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro A.F. safdor Sh.A. ga Labo rusumli avtomobilni jarima maydonchasidan chiqarib berish va rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnoma yo‘q qilishi evaziga pora taklif qilgan.

Haydovchi odim tomonidan bir necha marotaba ogohlantirishiga qaramasdan, jarima maydonchasining qorovul xonasida 500 AQSH dollari miqdoridagi pulni pora tariqasida bergan. Fuqaro o‘sha vaqtda tadbir ishtirokchilari tomonidan daliliy ashyo bilan ushlangan.

Реклама на Unews

Mazkur holat yuzasidan Guliston shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, A.F. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring