BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Gripp "sezon" yaqin! Koronavirus bilan grippning farqli alomatlarini bilasizmi? — mutaxassis javob beradi...

Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi, tibbiyot fanlari nomzodi Sevara UBAYDULLEVA shu haqidagi savolga javob qaytardi.

Savol: Koronavirus bilan grippni qanday farqlash mumkin?

Javob: Koronavirus va grippning bir-biridan ajratuvchi bir necha belgilari mavjud. Jumladan, kasallangan bemor bilan muloqotda boʻlsangiz, gripp kasalligining yashirin davri 5-7 kun, koronavirusning yashirin davri esa 2-14 kun.

Ikki kasallik ham tumov, koʻz yoshlanishi, burun oqishi, aksa urish, tana haroratini koʻtarilishi bilan kechadi.

Lekin gripp kasalligida:

— umumiy belgilar 1-3 kungacha boʻladi. Yengil darajasida tana haroratining 38 S dan yuqori boʻlishi bir marta kuzatiladi, 3-kundan boshlab bemor ahvoli yaxshilanishni boshlaydi;

— grippning ogʻir kechuvida, agarda kasallik bronxlar va oʻpkalarni jarohatlagan boʻlsa, unda gripp oqibatida kuzatiladigan tana harorati 5 kundan ortiq ham 38 S dan yuqori boʻlishi mumkin, undan koʻp muddat kuzatilmaydi. Gripp kasalligida yoʻtal birinchi 3-4 kun quruq, soʻngra esa balgʻamli boʻladi va davolashda asosiy maqsad balgʻamni parchalash yoki koʻchirishga koʻmaklashishdir;

— gripp kasalligidagi pnevmoniyada oʻpkaning yalligʻlanishi kasallikning reabilitatsiya jarayonida qayta tiklanishi mumkin. Gripp kasalligi faqat yuqori va pastki nafas yoʻllarini zararlaydi. Gripp kasalligida asab tizimining jarohatlanishi kuzatilmaydi.

Koronavirus kasalligida esa:

— umumiy belgilar 1-3 kun kuzatiladi, tana harorati yengil kechuvida 38 S darajaga bir marta koʻtariladi. Soʻngra 37 darajada boʻladi. Yengil kechuvida toʻgʻri davoni saqlagan holda olib borilsa, bemor ahvoli kasallikning 5-7 kunlarida yaxshilanib boradi;

— kasallikni ogʻir kechuvida esa, 8-kundan boshlab tana harorati 39-40 darajagacha koʻtariladi. Umumiy holsizlik kuchayadi, quruq yoʻtal zoʻrayadi, nafas yetishmovchiligi, yaʼni hansirash ham kuchayadi. Koronavirusda yoʻtal balgʻamsiz boʻladi va u kasallikni kechuviga bogʻliq holda 2-3 haftadan 1,5 oygacha kuzatilishi mumkin;

— koronavirusdagi yoʻtalni davolashda koʻproq nafas mashqlarini oʻtkazib, alveolalarning faoliyatini toʻliq taʼminlash bilan organizmning toʻqima va hujayralariga kislorod taʼminotini tiklashga qaratilgan boʻladi;

— koronavirus kasalligining ogʻir va oʻta ogʻir kechuvida oʻpkalar interstitsiyasi, alveolalarining fibroz toʻqima bilan qoplanishi oylar davomida tiklanishi yoki maʼlum qismi umuman tiklanmasligi ham mumkin;

— koronavirus kasalligida inson organizmining bir necha aʼzolari (nafas aʼzolari, oshqozon ichak tizimi aʼzolari, yurak qon tomir tizimi aʼzolari, buyrak tizimi, endokrin bezlar tizimi, markaziy va periferik asab tizimi kasalliklari jarohatlanadi. Ayniqsa, asab tizimi va ruhiyatning zararlanishi kuzatiladi.

Koronavirusning eng xavfli jihati ma’lum qilindi! Yangi turdagi koronavirus SARS-CoV-2’ning eng xavfli jihati uning yuqori darajada yuquvchanligi hisoblanadi. Bu haqda xitoylik virusolog, professor Chjun Nanshan ma’lum qildi, deb xabar berdi “Xuansyuvan” portali. Professorning ta’kidlashicha, SARS-CoV-2 mavsumiy gripp, ORVI (o‘tkir respirator virusli infeksiya) yoki MERS koronavirusidan tezroq va osonroq yuqadi. Shu sababli bu infeksiyaga qarshi kurashish uchun 4 ta komponent: erta himoya, infeksiyani erta aniqlash, erta tashxis va erta izolyatsiya zarur. Erta himoya ostida niqob va qo‘lqoplar taqib yurish, qo‘llarni tez-tez yuvish va ijtimoiy masofaga rioya qilish ko‘zda tutiladi. Bu choralar insonni himoyalaydi, chunki koronavirus bevosita aloqalar yoki yuzalar orqali yuqadi. Koronavirusni erta aniqlash uchun gavjum joylarda tana haroratini o‘lchash zarur. Shuningdek, shubhali alomatlar paydo bo‘lganda darhol shifokorlarga murojaat qilish kerak. Bunday alomatlarga o‘zini yomon his qilish, tana harorati ko‘tarilishi, quruq yo‘tal va noodatiy toliqish kiradi. Erta tashxis shifoxonalarda koronavirusga chalinganlarni boshqa bemorlar bilan aralashtirib yubormaslik imkonini beradi. Mutaxassisning aytishicha, buning uchun ambulator sharoitlarda ko‘rik o‘tkazish lozim. O‘z navbatida, erta izolyatsiyalash kasallangan odamning sog‘lom odamlar bilan aloqalarini minimallashtiradi. Avvalroq amerikalik olimlar SARS-CoV-2’ning o‘ta yuquvchanligi sababini aniqlashganini ma’lum qilishgandi. Ularning ta’kidlashicha, yangi turdagi koronavirus boshqa koronaviruslar: atipik zotiljam keltirib chiqaruvchi SARS-CoV-1 va inson uchun xavfsiz HCoV-HKU1’ning genomlarini o‘zida mujassamlagan. Atipik zotiljam virusi uncha yuqumli bo‘lmay, biroq undan o‘lish darajasi yuqori. HCoV-HKU1, aksincha, o‘ta yuqumli bo‘lib, biroq deyarli bezarar hisoblanadi.

Fikr qoldiring