Gretsiyada koronavirusga qarshi kurashishning yana bir yo‘lini topishdi

Gretsiyada aholini koronavirusdan himoyalash maqsadida 1-iyundan tuberkulyozga qarshi dori (BCG) bilan emlash boshlanadi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Dori vositalari bo‘yicha milliy agentlik ushbu chorani ma’qullagan, vaksinatsiya (emlash) Afina, Saloniki, Patri va boshqa yunon shaharlarida amalga oshiriladi. «Neakriti» xabariga ko‘ra, Germaniya, Avstraliya va Niderlandiya ham ushbu choralar qo‘llanmoqda.

Tuberkulyozga qarshi dorining samaradorligi oxirgi uch yil davomida olib borilgan tadqiqotlarda isbotlangan edi. Olimlarning aniqlashicha, BCG (Bacillus Calmette—Guérin) bilan emlanganlarda respirator kasalliklarni yuqtirish xavfi 80 foizga kamayadi.

Реклама на Unews

«Maxsus vaksina mavjud bo‘lmaganida kollektiv immunitetni umumiy himoyani ta’minlovchi vaksinalar (masalan, tuberkulyozga qarshi)  yordamida rivojlantirish mumkin», — dedi Afina milliy universitetining patologiya va infeksiyalar bo‘yicha professori Evangelos Yamarellos.

Mutaxassislar ushbu dori koronavirus bo‘yicha xavf zonasiga kiruvchi aholini himoyalashiga umid qilishyapti.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring