Go‘zallik salonidagi ayollarning janjali uch kishiga tan jarohati yetishi bilan tugadi

 
2020 yilning 9 noyabr kuni soat 11:00da jamoat joyi hisoblangan Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani markaziy dehqon bozori orqa tomonida joylashgan go‘zallik saloni binosida janjal yuz bergan, deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabarida aytilishicha, salonda ishlovchi, 37 yoshli Z.Sh., 22 yoshli P.N., 20 yoshli S.A., 17 yoshli S.T. hamda go‘zallik saloni yonida joylashgan boshqa bir go‘zallik saloni ishchisi, 39 yoshli M.M. va uning qizi, 18 yoshli Sh.N. o‘zaro janjallashgan.

Hodisa oqibatida 22 yoshli P.N., 20 yoshli S.A. va 17 yoshli S.T. turli darajada tan jarohatlari olganliklari aniqlangan.
Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, 22 yoshli P.N., 20 yoshli S.A. va 17 yoshli S.T. “yengil” tan jarohati olganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qiziriq tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan fuqaro M.M. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi ma’lumotda.
Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring