Germaniyada ishlamoqchi bo`lgan tibbiyot xodimlariga muhim ma`lumot e`lon qilindi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi hamda Germaniyaning “NoVo Agency“ tashkiloti o`rtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan tajribali tibbiyot xodimlari Germaniya tibbiyot muassasalariga ishga taklif etiladi.

Nomzodlar uchun talablar:
- umumiy hamshiralik uchun – shifoxonaning turli bo`limlarida kamida 2 yillik tajriba (faqat bemorlarni parvarishlagan);
- 39 yoshgacha;
- sudlanmagan;
- jismonan sog`lom;
- tibbiyot kolleji/texnikumini (faqat 3 yillik diplom yoki OMX) tamomlagan;
- bemorlarga g`amxo`rlik qilish qobiliyati;
- Buxoro shahar «Ishga marhamat» monomarkazida tashkil etiladigan 10 oylik nemis tili kursida o`qish va kurs davomida mehnat faoliyati bilan shug`ullanmaslik;
- Toshkent shahridagi Gyote instituti imtihonlaridan muvaffaqiyatli o`tish.
- stomatolog, o`qituvchilik va dorishunoslik sohasida shug`ullangan nomzodlar qabul qilinmaydi.

Nomzodlarga quyidagi sharoitlar yaratib beriladi:
- Buxoro shahrida bepul turar joy;
- o`quv xonasi;
-stipendiya.

Shuningdek, quyidagi xarajatlar qoplab beriladi va xizmatlar kafolatlanadi:

- nemis tili o`qituvchisi va o`quv materiallari;
- til darajasi uchun Toshkentdagi Gyote institutida imtihon topshirish;
- hujjatlarni tarjima qilish va tasdiqlash;
- o`quv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlar uchun viza olish va Germaniyada ishga joylashish;
- Toshkent xalqaro aeroportidan Germaniyaga aviachipta va Germaniyadagi aeroportdan ish joyigacha transfer;
- mehnat sharoitlari nemis hamshiralari bilan bir xil (oylik 2100 evrodan boshlab, nafaqa, sug`urta, ta`til) va butun jarayon davomida doimiy qo`llab-quvvatlash.

 Murojaat uchun: (65) 226-24-64 va (90) 125-24-43 (faqat Telegram)

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring