Germaniya Ukrainaga Gepard o‘ziyurar zenit qurollarini yetkazib beradi

Germaniya kansleri Olaf Shols seshanba kuni Ukrainaga ko‘proq Gepard o‘ziyurar zenit qurollarini yetkazib berishga va’da berdi. Nemis tomonidan ishlab chiqarilgan ushbu ZSU 4 km gacha va 3 km balandlikda tez uchadigan havo nishonlarini yo‘q qilishga qodir va juda samarali mobil havo mudofaa tizimi hisoblanadi.

“Ukraina prezidenti Germaniyadan juda jiddiy moliyaviy yordam, shuningdek, qurol-yarog‘ yetkazib bergani uchun minnatdorchilik bildirdi, chunki biz taqdim etayotgan artilleriya va havo hujumidan mudofaa tizimlari Ukrainaning hududiy yaxlitligi va suverenitetini kafolatlash qobiliyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. ", - dedi Shols jurnalistlarga.

Germaniya kansleri, shuningdek, uning mamlakati Ukrainani, jumladan, havo mudofaasi va mamlakatni uzoq muddatli rekonstruksiya qilish sohasida har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda davom etishini yana bir bor tasdiqladi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring