Germaniya prezidenti Rossiya bilan siyosatda xatolar qilganini tan oldi

Germaniya prezidenti Frank-Volter Shtaynmayer birinchi marta Rossiya bilan bog‘liq siyosatda o‘z xatolari va noto‘g‘ri deya hisoblagan tushunchalari haqida gapirdi.

«Mening «Shimoliy oqim-2» gaz quvuriga sodiqligim aniq xato edi. Hamkorlarimiz ogohlantirganidek, biz Rossiya endi ishonmaydigan ko‘priklarga yopishib oldik», — dedi siyosatchi 4 aprel, dushanba kuni.

Shtaynmayer, shuningdek, Rossiya ishtirokida «Umumiy Yevropa» uyini yaratish muvaffaqiyatsizlikka uchraganini ham tan olgan. Uning aytishicha, «Vladimir Putinning imperialistik qarashlari bunga halaqit bergan». 

Реклама на Unews

Germaniya prezidenti urushdagi bor javobgarlikni Vladimir Putin boshchiligidagi hukumatga qo‘ygan va bu hukumat statusi urushdan avvalgiday bo‘lmaydi. 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring