FVV ogohlantiradi: «Yillik to‘lov» so‘rab kelgan «pojarniy»larga ishonmang

So‘nggi yillarda, asosan kuz-qish mavsumi boshlanishi bilan mamlakatimiz aholisi bo‘ylab, ayniqsa, hududlarda maxsus kiyim-boshdagi shaxslar o‘zlarini «davlat yong‘in nazorati organi («pojarniy») xodimi» sifatida tanishtirib, fuqarolardan «yillik to‘lov» qabilida turli miqdordagi pul mablag‘larini majburiy tarzda noqonuniy yig‘ish holatlari kuzatilmoqda, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Mazkur holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi yuqorida aytib o‘tilgan shaxslarning FVV faoliyatiga hech qanday aloqasi yo‘qligini, shu bilan birga, yong‘in va uning oldini olish bilan bog‘liq tadbirlar uchun vazirlik tizimi xodimlari tomonidan hech qanday pul yig‘imlari, boshqa turdagi to‘lovlar undirilmasligini ma’lum qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholidan quyidagilarga e’tibor qaratishini so‘ragan:

Реклама на Unews

  • xonadoningizga kelib, o‘zini FVVning quyi tizimlariga o‘xshash tashkilotlar nomlari bilan tanishtirgan shaxslardan, birinchi navbatda, o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatini taqdim etishini so‘rang;
  • ularning faoliyat turi hamda qanday xizmatlar ko‘rsatishi va ishlarni bajarishlariga aniqlik kiriting;
  • shuningdek, ular tomonidan taklif qilinadigan xizmatlarni bajarish faqat Sizning roziligingiz asosida amalga oshirilishi mumkinligini unutmang!

«Agar, xizmat ko‘rsatmasdan va siz yoki oila a’zolaringizni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish yuzasidan biror ishlarni bajarmasdan, Sizdan majburiy tartibda to‘lov talab qilinsa, o‘z huquqlaringizni himoya qilish maqsadida, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat etishingiz mumkin», deyiladi FVV xabarida.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring