Fuqarolarni Koreyaga yuboraman deb aldab kelayotgan firibgar qo‘lga olindi

Andijon viloyati. 2021 yilning yanvar oyida 53 yoshli Ayubxon J., Asaka tumani Obod MFY., hududida 42 yoshli Zuhriddin R.,ga Koreya Respublikasiga ishga jo‘natishda yordam bera olishini aytib aldov yo‘li bilan ishonchiga kirib, undan 6 500 AQSh dollar pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan olib, ushbu pullarni ehtiyojlariga sarflab yuborgan, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, Ayubxon J., yana bir nechta fuqarolarni Koreya Respublikasiga ishga jo‘natishini va’da qilib, aldov yo‘li bilan pul mablag‘larini qo‘lga kiritib kelganligi ma’lum bo‘lgan. 

Mazkur holat yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Ayubxon J.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Реклама на Unews

Hozirda Ayubxon J.,dan jabrlangan shaxslarni aniqlash choralari ko‘rilmoqda. 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring