Fransiyada sayyohlik samolyoti quladi: uch kishi halok bo‘ldi

Fransiyaning Savoy departamentida yengil sayyohlik samolyotining qulashi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, bir kishi og‘ir tan jarohati oldi, deb xabar bermoqda France Info radiostansiyasi.

Yengil sayyohlik samolyoti mahalliy vaqt bilan taxminan 15:00da (Toshkent vaqti bilan 18:00) qulab tushdi. Samolyot bortida bo‘lgan to‘rt kishidan uchtasi halok bo‘lgan. Bir yo‘lovchi sakragan, hozir u og‘ir ahvolda.

Halokatdan so‘ng samolyot shu zahoti yonib ketgan. Hozir hodisa joyida o‘t o‘chiruvchilar va jandarmlar ishlamoqda.

Реклама на Unews

Halokat sabablari noma’lum. Departament prefekturasidan xabar berishlaricha, tergov davomida holatlar aniqlanadi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring