Foto: AQSHdagi eng qimmat uy sotuvga qo‘yildi

AQSHning Kaliforniya shtatida 160 million dollarga baholangan eng qimmat uy sotuvga qo‘yildi. Bu haqda “Concierge Auctions” uylar auksionining veb-saytida ma’lum qilingan, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Xabar qilinishicha, kaliforniyalik me’mor Vilyam Xablinski tomonidan loyihalashtirilgan “Villa Firenze” nomli, ikki qavatli, hashamatli uyning maydoni 6 ming kvadrat metrni tashkil etadi.

Реклама на Unews

Uyda 13 ta yotoqxona, 25 ta hammom va bir nechta “kamin” mavjud. Shuningdek, uyda uchta mehmonxona, suzish havzasi, jakuzi, basseyn, tennis korti va 30 tagacha mashina sig‘adigan avtoturargoh joylashgan. Ma’lum qilinishicha, uydagi ishlarni bajaruvchi yetti nafar xodim ham uy narxiga kiritilgan.

Shuni qo‘shimcha qilish kerakki, ushbu uy xonanda Rod Styuart va aktyorlar Denzel Vashington hamda Silvestr Stallone kabi taniqli shaxslar yashaydigan Shimoliy Beverli bog‘ining eksklyuziv hududida joylashgan. 

Реклама на Unews

“Ushbu bitim kim oshdi savdosida ko‘chmas mulk sotish tarixidagi eng qimmat narx bo‘ladi. Shuningdek, uy egalari uchun bunday sotish usuli – eng xavfsiz”, deydi kim oshdi savdosi uyi rahbari Chad Roffers.

Ma’lum qilinishicha, ushbu hashamatli uy 2018 yilda ham sotuvga qo‘yilgan. O‘sha paytda uning qiymati 165 million dollarga baholangan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring