Firibgarlarning bu kabi hiylalariga aldanib qolmang – Markaziy bank aholini ogohlantirdi

Markaziy bank bank kartalari egalarini ogohlikka chaqiradi. Mobil telefonga kelgan bir martalik SMS-kod, mobil ilovalar, veb-ilovalarga kirish huquqini beruvchi login va parollar bank xodimlari tomonidan so`ralmasligi, shu bois hech kimga bunday ma`lumotlarni bermaslik zarurligi to`g`risida ijtimoiy tarmoqlar, televidenie, rasmiy manbalar orqali doimiy ogohlantirishlar berib borilmoqda. Shunga qaramay, fuqarolar orasida firibgarlarning psixologik ta`siriga tushib, aldanib qolish holatlari uchramoqda. Qo`l telefoningizga qo`ng`iroq qilib, o`zini Markaziy bank, tijorat banki, to`lov tashkiloti yoki to`lov tizimi operatorining nomidan xavfsizlik, plastik karta, mijozlarni qo`llab-quvvatlash yoki boshqa bo`lim xodimi deb tanishtirib, mobil ilovangiz buzilgani, bank kartangiz blok holatiga tushgani, kartadan noqonuniy pul echib olishga urinishlar bo`layotgani va shu kabi turli uydirmalarni keltirgan holda darhol chora ko`rilmasa, barcha mablag`lardan ayrilishi haqida aytib, firibgarlar tomonidan ijtimoiy injeneringni qo`llagan holda turli psixologik bosim o`tkazishga urinish holatlari shular jumlasidandir. Markaziy bank turli firibgarlik yo`li bilan bank kartalaridagi pul mablag`lari echilishiga yo`l qo`ymaslik maqsadida fuqarolarimizni ogohlantiradi. Hech qachon telefoningizga kelgan bank kartalari bilan bog`liq bir martalik yuborilgan SMS-kodni, tijorat banklari, to`lov tizimi operatorlari va to`lov tashkilotlarining mobil ilovalariga kirish huquqini beruvchi login va parollarni hech qanday shaxslarga aytmang. Ular sizdan olgan ma`lumotlar (SMS kod, login va porol va h.k) orqali bank kartangizdagi pul mablag`larini ko`chirib olish yoki sizning ruxsatingizsiz boshqarish imkonini qo`lga kiritadi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring