Finalda "el-klasiko" ko‘ramizmi!? Ispaniya Superkubogi taqvimi ma’lum bo‘ldi

Xabaringiz bor, Ispaniya Superkubogi 2019-2020 yildan boshlab 4 ta klub ishtirokida kichik bir turnir tarzida o‘tmoqda. Kelasi yilning avvalida ham o‘tgan mavsum Ispaniya Kubogi hamda La Liga eng yaxshi ko‘rsatkich qayd etgan ikkitadan klub mazkur musobaqa g‘olibligi uchun kurash olib boradi.

"Barselona", "Real", "Valensiya" hamda "Betis" ishtirok etayotgan mazkur turnirning taqvimi ma’lum bo‘ldi. Marhamat, tanishib chiqishingiz mumkin:

11 yanvar
"Real" - "Valensiya"

12 yanvar
"Betis" - "Barselona"

Final 2023 yil 15 yanvar kuni o‘tkaziladi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring