FIFA prezidenti koronavirus yuqtirib oldi

FIFA prezidenti Janni Infantino koronavirus yuqtirib oldi, deya yozmoqda tashkilot rasmiy sayti, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Infantinoning dushanba kuni topshirgan test natijasi musbat chiqqan. Qayd etilishicha, FIFA rahbari kasallikni yengil alomatlarda o‘tkazmoqda. U 10 kunlik o‘zini yakkalash tartibiga o‘tkazilgan. Infantino bilan yaqin 10 kun ichida uchrashgan barcha shaxslarga bu haqda ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Infantino 2016 yildan buyon Xalqaro futbol federasiyani boshqarib kelmoqda. FIFA prezidenti yaqinda Qatarda bo‘lib, JCH-2022ning so‘nggi tayyorgarlik ishlari bilan tanishib qaytgan edi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring